AMINOKISLOTALAR

AMINOKISLOTALAR — molekulasida amin va karboksil guruhi bo’lgan organik birikmalar, o’simlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementi hisoblanadi. Aminokislotalar — rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar ma’lum. Lekin oqsillar tarkibida faqat 20 Aminokislotalar va ularning 2 ta amidi uchraydi. Qolganlari oqsillar tarkibiga kirmaydi. Aminokislotalarning D-yoki L-qatorga tegishligini N va NH2 guruhning uglerod atomida qanday joylashganligi ko’rsatadi. Deyarli barcha tabiiy Aminokislotalar L-qatoriga kiradi. D-qatorga mansub Aminokislotalar tabiatda kamdankam bo’lib, mikroorganizmlar tarkibida topilgan. Aminokislotalarning L-formasi o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi va u moddalar almashinuvining barcha jarayonlarida qatnashadi, lekin D-formalarini o’simliklar o’zlashtira olmaydi, ba’zan ular moddalar almashinuvi jarayonlarini to’xtatib qo’yadi. Bu organizmning fermentativ sistemasi Aminokislotalar ning L-qatoriga moslashganligidan darak beradi. Aminokislotalar organizmda erkin holda va oqsillar yoki boshqa birikmalar tarkibida uchraydi. Oqsillar sintezi uchun Aminokislotalar formali 20 Aminokislotalar — proteinogen Aminokislotalar (lizin, gistidin, arginin, aspartat kislota, asparagin, treonin, serii, glutamat kislota, glutamin, prolin, glisin, alanin, tsistein, izoleytsin, leytsin, metionin, valin, tirozin, fenilalanin va triptofan) dan foydalaniladi. Oqsillar tarkibida uchraydigan Aminokislotalar esa ularning fermentativ o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. Ayrim Aminokislotalar hayvon va odam organizmidan sintezlanmaydi. Bu almashinmaydigan aminokislotalardir. Odam organizmi uchun 8 (triptofan, fenilalanin, metionin, lizin, valin, treonin, izoleytsin va leytsin) almashinmaydigan Aminokislotalar bor. O’simliklar o’zi uchun zarur bo’lgan barcha azotli birikmalarni sintezlash qobiliyatiga ega. Aminokislotalar sintezi jarayonida ammiakli azot organik birikmalarga aylanadi. O’simliklarda hosil bo’lgan Aminokislotalar uzluksiz almashinib turadi. Ular asosan, oqsillar sintezi uchun sarflanadi, shuningdek, dekarboksillanishi, azot asoslari va bosgqa birikmalar sintezi uchun ishlatilishi, aminogruppani ajratib yuborishi, to’liq oksidlanishi va organizm uchun energiya manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ko’pchilik Aminokislotalar tibbiyotda, chorvachilikda, shuningdek oziq-ovqat va mikrobiologiya sanoatida qo’llaniladi. Hozir Aminokislotalar dan o’g’it sifatida ham foydalanilmoqda. Ahmad Ibrohimov.