AMINOV AHAD UMAROVICH

AMINOV AHAD UMAROVICH (1920.30.5, Namangan — 1992, Toshkent) — kulol, Toshkent kulollik maktabi vakili. Samarqand badiiy bilim yurtining kuollik bo’limida va Toshkent badiiy o’quv ishlab chiqarish kombinatida tahsil ko’rgan (1935 — 38). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika intini tugatgan (1942). P. Menkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtida o’qituvchi (1951 — 52). Toshkent chinni zavodini tashkil qilishda qatnashgan (1938). Aminov ijodi uchun xalq kulollik san’ati an’analariga (lagan, kosa, vaza va boshqalar) asoslangan holda shakllar ustida izlanish xosdir. U buyumlarni qalami, chizma usulida bezab, bezakda islimiy (ayniqsa avvali bahor va boshqalar) naqshlardan keng foydalanadi. Asarlari O’zbekiston davlat san’at muzeyi, amaliy san’at muzeyi, muzeylarda saqlanadi.