AMINOV MAHMUD USMONOVICH

AMINOV MAHMUD USMONOVICH (1908.4.6, Kogon tumani — 1992.8.6, Samarqand) — tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1977), tarix fanlari nomzodi (1947), dotsent (1953). O’zbekiston pedagogika akademiyasini tugatgan (1933). SamDUda assistent, tarix fakulteti o’qituvchisi va dekan o’rinbosari (1937-41), Samarqand viloyati xalq ta’limi pedagogika kabineti mudiri (1941-44), 12-bilim yurti direktori va o’qituvchilar malakasini oshirish instituti o’qituvchisi. Pedagogika institut direktor o’rinbosari (1953-55). SamDUning tarix fakulteti dekani (1944-53; 1956-74). O’zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi mudiri (1967— 71), kafedra dosenti (1974-92), o’quv ishlari bo’yicha prorektor (1977-78).