AMIR BURUNDUQ MAQBARASI

AMIR BURUNDUQ MAQBARASI, Burunduq maqbarasi — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (14-asr oxiri). Amir Temurning qo’shin boshlig’i Amir burunduk qabri ustiga qurilgan. Shohizinda ansambli tarkibidagi bir xonali, peshtoqli, qo’sh qavat gumbazli bino. Peshtoqi naqshli sopol parchin, bo’rtma naqshli koshin, silliqlangan g’isht qoplab bezatilgan. Bino ichiga ko’k rangli parchinlar, qizil kesakdan bejirim naqshlar ishlangan. Janubiy devorida — qabriston tomonda eshigi bor. Yerto’la — go’rxonasi Chortoq tarhli; Turkiston me’morligida kam uchraydigan Chortoq gumbaz bilan yopilgan. Ichkarida 9 ta qabr saqlanib qolgan.