AMIR TO’RA MADRASASI

AMIR TO’RA MADRASASI — Xivadagi me’moriy yodgorlik (1870). Ichan qal’aning shim. qismida joylashgan. Muhammad Rahimxon II ning akasi Amir To’ra qurdirgan. Chortoq tarhli (52,6×36,7 metr), peshtog’i mahobatli, ikki yon tomonida qo’shqavatli uch juft hujra bor. To’rt burchagidagi guldasta-minoralar parchin belbog’li, mavj usulida bezatilgan. Masjid va darsxonaning tuzilishi bir xil. Masjid Janubidagi ayvon gumbaz tomli, gumbaz osti toqilari olti qirrali, unga uch qator muqarnas ishlangan. Hovli (30,7×19,35 metr) ning ikki yon tomoniga bir qavatli, oldi ravoqli ko’ndalang hujralar ishlangan. Hovli burchaklaridagi hujralarga dahlizdan kiriladi. Hujralar balxi gumbazli, darchalariga panjaralar o’rnatilgan. Uch gumbazli miyonsaroyning ikki yon tomonida darsxona bor. Amir To’ra maqbarasi 1970 yilda ta’mirlangan, bosh tarzi oldiga savdo rastasi joylashtirilgan.