AMMOFOS
AMMOFOS — tarkibida azot bilan fosfor bo’lgan kontsentrlangan mineral o’g’it. U asosan monoammoniyfosfat va qisman diammoniy-fosfat aralashmasidan iborat. Donador Ammofos tarkibida kamida 10% azot, ko’pi bilan 45% fosfor angidrid bor. Ammofosda ballast komponentlar bo’lmaydi. Suvda eriydi, fizik xususiyatlari yaxshi. Ammofosni har xil tuproqlarda qo’llash mumkin. G’o’zaga ekishdan oldin (shudgorlashda, bahorgi haydashda, ekish oldidan, ekish vaqtida), gullash oldidan yoki gullagan vaqtida solinganida ham samarali. O’zbekistonning Paxtakor xo’jaliklarida fosforli o’g’itlar yillik normasining 80% ni Ammofos tashkil etadi, chunki u boshqa murakkab kontsentrlangan azotli-fosforli o’g’itlarga qaraganda samaraliroq. «Ammofos» ishlab chiqarish birlashmasi (Olmaliq kimyo zavodi) va Samarqand kimyo zavodida ishlab chiqariladi.