AMMONIY KARBONAT

AMMONIY KARBONAT — karbonat kislotaning ammoniyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Juda beqaror, uy temperaturasidayoq o’zidan ammiakni ajratib chiqarib gidrokarbonatga aylanadi, 58° gacha qizdirilganda ammiak, karbonat angidrid va suvga parchalanadi. Ammoniy karbonat to’qimachilikda, tibbiyotda ishlatiladi.