AMPER QONUNI
AMPER QONUNI – bir-biridan muayyan masofada joylashgan o’tkazgichlarning kichik bir qismidan oqayotgan ikki tokning o’zaro mexanik ta’siri haqidagi qonun. Amper qoidasidan shunday xulosa chiqadi: bir tomonga oqayotgan tokli parallel o’tkazgichlar o’zaro tortishadi, qarama-qarshi tomonga oqayotgan tokli o’tkazgichlar o’zaro itarishadi. Amper sharafiga shunday atalgan. Magnit maydonining tokli kichik bir o’tkazgichga ko’rsatadigan ta’sir kuchini ifodalovchi qonun ham Amper qonuni deb ataladi.