ANABAR
ANABAR — Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Uzunligi 939 kilometr, havzasining maydoni 100 ming kilometr kvadrat. O’rta Sibir yassitog’ligining shimoldan boshlanib, dastlab tilog’ochli o’rmon-tundradan oqadi. Quyi oqimida Anabar vodiysi kengayadi va shimoliy Sibir pasttekisligini kesib o’tib, Laptevlar dengiziga qo’yiladi. O’rtacha suv sarfi 610 m3/sek. Sent. oxirida muzlab, iyun boshlarida muzdan bo’shaydi. Katta irmoqlari: kichik Kuonamka va Uja. Anabarda ryapushka, Omul kabi baliqlar bor. Quyi qismida kema qatnaydi. Anabar havzasida olmos konlari topilgan.