ANALEPTIKLAR

ANALEPTIKLAR — uzunchoq miyadagi nafas olish va tomirlarni harakatlantirish markazlarini faollashtiruvchi moddalar (kofein, kordiamin, korazol, kamfora va boshqa). Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etib, organizmning hayotiy faoliyatini oshirish, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini kuchaytirish xususiyatiga ega.