ANALGEZIYA

ANALGEZIYA (Yunoncha analgesia — hissizlik) — 1) mutlaqo og’riq sezmaslik. Periferik nervlar, orqa yoki bosh miyaning ba’zi kasalliklarida kuzatiladi. Tuyg’u, harorat kabi sezgilarning buzilishi bilan birga ro’y beradi; 2) og’riqsizlantirish — farmakologik vositalar va boshqa ta’sirotlar orqali vujudga keltirilgan og’riqsizlanish. Bunda sezishning boshqa xillari zararlanmaydi.