ANALITIK TAROZI

ANALITIK TAROZI — moddalarni aniq tortadigan noziq tarozi; kimyoviy analizlarda ishlatiladi. Analitik tarozida og’irligi 2 grammdan 200 grammgacha bo’lgan moddalar 0,04 mlligrammgacha aniqlikda tortiladi. Analitik tarozining to’liq analitik (100-500 grammli, 1-5 milligramm aniqlikda tortadigan), yarim mikroanalitik (20-50 grammli, 0,2—0,25 milligramm aniqlikda), mikroanalitik (20-30 grammli, 0,01 milligramm aniqlikda), probirka (1-2 milligrammli, 0,04 milligramm aniqlikda); teng yelkali va bir yelkali xillari bor. Bir yelkalida posangi bo’ladi. Ko’pincha, teng yelkali va ikki pallali Analitik tarozi ishlatiladi. Analitik tarozini chang, shamol, kishi nafasidan sakdash uchun u oynali shkaf ichiga o’rnatiladi.