ANALITIK TUR
ANALITIK TUR — mahalliy ahamiyatga molik geodezik to’r. Katta masshtabli s’yomka o’tkazish va muhandislikgeodezik ishlarni ta’minlash maqsadida davlat geodezik to’rini hosil qiluvchi punktlar asosida triangulyasiya va trilaterasiya usullari yordamida Analitik tur hosil qilinadi. Birinchi razryadli Analitik turlar 1—4 sinflarga oid, tomonlari 2-5 kilometrli geodezik to’r asosida, o’lchash xatosi t=4″ gacha mos bo’lgan siljish (ko’chish) bilan o’lchash asosida, ikkinchi razryadlisi tomonlari 0,5—3 kilometrli va t=10″ gacha mos bo’lgan siljish bilan tuziladi. Agar davlat geodezik to’ri bo’lmasa, mustaqil birinchi (masshtabi 1:500 da, maydoni 500 km2dan katta bo’lmagan) va ikkinchi (M 1:2000, maydoni 100 km2dan kichik) razryadli Analitik tur tuziladi.