ANALOG-RAQAMLI HISOBLASH MASHINASI
ANALOG-RAQAMLI HISOBLASH MASHINASI — analog va raqamlihisoblash mashinalarining qismlari (bloklari)dan tashkil topgan qurilma. Mashina o’zgaruvchilari raqamli va analog (uzluksiz) ko’rinishda ifodalanadi. Analog va raqamli EHMlarning kamchiliklarini bartaraf etish, ularning afzalliklarini birlashtirish maqsadida o’tkazilgan izlanishlar natijasida bitta hisoblash tizimi — gibrid hisoblash mashinasi yaratilgan. Bu kompleksning raqamli qismi — raqamli elektron hisoblash mashinasi (Rehm) asosida quriladi. Markaziy boshqaruv qurilmasi mashinaning ayrim qismlari — analog-raqamli o’zgartirgich (ARO’), raqam-analogli o’zgartirgich (RAO’) va AEHM o’rtasidagi bog’lanishni zarur aniqlik va ketma-ketlikda ta’minlaydi. Analog-raqamli hisoblash mashinasi matematik va mantiqiy amallarni bajarishda hamda mashina ko’rsatkichlarini bir shakldan ikkinchi shaklga o’tkazishda ishlatiladi.