ANARXIYA

ANARXIYA (yun. anarchia – beboshliq, hokimiyatsizlik, boshboshdoqlik) — davlatda yagona rahbar yo’qligi, hokimiyatga da‘vogar turli siyosiy kuchlarning o’zaro kurashi. Ayrim kishilar va guruhlarning boshliqlarga bo’ysunmasligi va buning oqibatida kelib chiqadigan tartibsizlik. Anarxiya yuzaki qarashda demokratiyaning bir ko’rinishiga o’xshaydi, ammo butunlay boshqa hodisadir. Anarxiyada siyosiy liderlar ko’payadi. Anarxiyaga asoslangan individualizm falsafasining yirik vakilidan Shtirnker (1806-1956) axloq sohasida egoizm-xudbinlik, yorqin shaxslarning o’ziga xosligini yo’qotmaslik, shaxsiy manfaatlarni Vatan va xalq manfaatlaridan ustun qo’yish tarafdori edi. Anarxiya individualizm sifatida XIX asrda Fransiya va Ispaniyada keng tarqaldi. M.Shtirner, P.Prudon, M.Bakunin Anarxiya liderlaridir. XX asr boshlarida Anarxiya tarafdorlarini har qanday hokimiyatga qarshi, hokimiyatsizlikni yoqlovchilar deb tushunar edilar. Anarxiyaning falsafaviy asosi individualism — shaxsiyatparastlik, subyektivizm – o’z qarashlarini ustun qo’yish, volyuntarizm – o’zboshimchalikdir. Shu bilan birga, Anarxiya tarafdorlari inqilob, to’ntarishi yo’li bilan davlatni egallashni ham qoralaydilar. Anarxiyani har qanday davlat tuzumiga qarshi bo’lgani uchun muhim g’oya sifatida qabul qilish mumkin emas.