ANAXITA
ANAXITA — zardushtiylik dinida obodonlik va farovonlik ma’budasi. Qadimgi dehqonlar yog’ingarchilik va hosildorlikni Anaxitaning mo’jizasi deb hisoblashgan. Qadimgi haykaltaroshlar Anaxitani bir qo’lida anor yoki olma ushlab turgan ayol shaklida tasvirlaganlar. Arxeologik qazishmalarda Anaxitaning sopoldan yasalgan haykalchalari ham uchrab turadi.