ANAXRONIZM
ANAXRONIZM (Yunonchaa ana — teskari, qarshi, choronos —vaqt, davr) — 1) xronologik xato, biron-bir voqea, hodisani tamomila boshqa vaqtga, davrga nisbat berish; 2) biror davrni tasvir qilishda shu davrga xos bo’lmagan xususiyatlarni ataylab tiqishtirish; 3) o’z zamonasiga mos kelmaydigan eski qarashlar, xatti-harakatlar, urf-odatlar, o’tmish sarqitlari.