ANDAMAN DENGIZI

ANDAMAN DENGIZI – Hind okeanining shimoliy-Sharqiy qismida, Hindixitoy yarim orol sohillariga tutashgan dengiz. Ochiq okeandan Andaman va Nikobar orollari ajratib turadi. Maydoni 600 ming kilometr kvadratdan ortiq. Eng chuqur joyi 4507 metr. Oqimlar yo’nalishi musson shamollariga qarab o’zgarib turadi. Suv yuzasidagi temperatura may oyida 29°, Fevralda 26 — 28°. Sho’rligi shimolda 20%o dan, Janubda 33%o gacha. Bir yilda 3000 millimetrdan ortiq yog’in yog’adi. Eng yirik portlari — Yangon (Myanma), Jorjtaun (Malayziya).