ANDISHA
ANDISHA — axloqiy tushuncha. O’zaro muomalada sharm-hayo, bosiqlik va muloyimlik bilan munosabatda bo’lishni talab qiladi. Andishali odam birovlarning izzat-nafsiga tegmaydi, kattalar, oqsoqollar hurmatini joyiga qo’yadi; o’ta bosiqlik bilan fikr yuritib biror ishni hal qiladi. Andisha sharm-hayo, uyat, istihola, iffat, ibo kabi odob tushunchalari bilan uzviy bog’liq.