ANDOQSOY
ANDOQSOY — Navoiy viloyati Xatirchi tumani hududidagi soy. Oktogning Janubiy yon bag’rida 1400 metr balandlikdan boshlanib, Janubga oqadi. Andoqsoyning yuqori qismida vodiysi tor (50-70 metr) va chuqur (150 metr), 2-3 terrasasi bor. Janubroqda soy ikki tarmoqqa bo’linib so’ngra yana qo’shiladi. Sel kelgan vaqtlarda Andoqsoy Oqdaryogacha yetib keladi. Yomg’ir va buloqlardan suv oladi. O’rtacha yillik suv sarfi (dara qishlog’i yaqinida) 80— 100 l/sek, aprelda 200 l/sek.