ANDREYEVLAR SHIRKATI
ANDREYEVLAR SHIRKATI («Andreyevskoe tovaritshestvo») —19-asr oxiri — 20-asr boshlarida O’zbekiston iqtisodiyotida hukmron bo’lgan, ajnabiy va rus kapitalining qudratiga tayangan yirik aktsiyadorlik jamiyati. Andreyevlar shirkatini 1912 yil O’zbekistondagi yirik sarmoyadorlar Rus-Osiyo banki ishtirokida tashkil etganlar. Bunga «aka-uka Knoplar savdo uyi» firmasi tashabbuskor bo’lgan. Andreyevlar shirkatining dastlabki asosiy kapitali 750 ming so’m bo’lib, 1915 yilda 5 million so’mga yetgan. Andreyevlar shirkati 1917 yil 31 paxta tozalash, 6 paxta yog’i va sovun ishlab chiqarish zavodlariga egalik qilgan. Andreyevlar shirkati Rossiyadagi «Salomas» aktsiyadorlik jamiyatining faoliyatida qatnashgan. «Salomas»ning 20% aktsiyasi 1917 yil Andreyevlar shirkati qo’lida bo’lgan. Andreyevlar shirkati dehqonlar yetishtirgan paxtaning katta qismini arzon garovga xarid qilib, tolasini Rossiya va Polshaga sotar, chigitidan yog’va sovun tayyorlar edi. Andreyevlar shirkati 1918 yil mart — aprel oylarida Sovet hokimiyati tomonidan natsionalizasiya qilingan.