ANDROMEDA TUMANLIGI

ANDROMEDA TUMANLIGI — bizga eng yaqin spiral galaktika M 31 ning nomi. Galaktikamiz bilan turdosh, lekin ikkisi ham bir xil spiral sinfga kirishi to’la hal etilmagan. Andromeda tumanligi o’lchamlari va tuzilishi u qaysi diapazonda kuzatilganiga keskin bog’liq. Optik diapazondagisi diametri 74 KPK. Massasi Galaktikamiz massasidan deyarli 1,5 marta katta. Mutlaq kattaligi — 22. Kosmik teleskoplar yordamida unda 100 ga yaqin rentgen manbalar borligi topilgan. Ularning ko’pchiligi Andromeda tumanligining yadro va tekislik tashkil etuvchi qismidan o’rin olgan. Uning tarkibida kamida 30000 ta planetar tumanliklar, 400 ta sharsimon to’dalar, mingga yaqin tarqoq yulduz to’dalari bo’lib, bugun qator gaz — chang bulutlari, yulduzlarning tug’ilish o’choqlari, «yangi yulduzlar», tsefeidlar kuzatilmoqda. Andromeda tumanligi yaqinida 7 ta uning yo’ldosh — galaktikalari aniq topilgan. Ular asosan elliptik va turli mitti galaktikalardir. Andromeda tumanligi, bizning Galaktika va ular atrofida yana 30 ga yaqin galaktikalar fizik va dinamik bog’langan mahalliy guruhni tashkil etadi. Andromeda tumanligi haqida birinchi bor Arab falakiyotshunosi Al-So’fi (9-asr) yozib o’tgan, chunki u oddiy ko’zga ravshan kichik bulut tarzida ko’rinadi.