ANESTEZIYALOVCHI MODDALAR

ANESTEZIYALOVCHI MODDALAR — sezuv nervi oxirlari (retseptorlari) va tolalari orqali qo’zg’alish o’tishini vaqtincha to’xtatib qo’yadigan dorilar. Ularning eng asosiy farmakologik xossasi har qanday sezuvchanlikni avvalo og’riq hissini yo’qotish. Shu sababli Anesteziyalovchi moddalardan (novokain va boshqa) jarrohlik operasiyalarida mahalliy og’riqsizlantirish, ya’ni anesteziya uchun foydalaniladi.