ANGAR

ANGAR (Fransuzcha hangar) — samolyot va vertolyotlar turadigan, ularga texnik xizmat ko’rsatiladigan va ta’mirlanadigan inshoot. Vazifasiga ko’ra, Angar — ustaxona, muqim (stasionar), muvaqqatmuqim va yig’ma-qismlarga ajratma xillarga bo’linadi. Muqim Angarlar metall va temir-betondan, muvaqqat-muqim Angarlar yog’och-taxtadan, yig’ma-qismlarga ajratma Angar esa po’lat yoki yengil qotishmalardan yasaladi. Angarning shakli va katta-kichikligi samolyot va vertolyotlar soni va o’lchamlariga bog’liq bo’ladi. Angar ko’tarish-tashish, aloqa, signal, avtomatik o’t o’chirish vositalari bilan jihozlanadi.