ANGIOGRAFIYA

ANGIOGRAFIYA (angio… va …grafiya) — qon va limfa tomirlariga kontrast (soya tushiradigan va organizm uchun bezarar) modda yuborib, rentgenologik usul bilan ular suratini olish. Angiografiy qon va limfa tomirlari kasalliklarini, shuningdek ba’zi a’zolar (miya, yurak, o’pka va boshqalar) dagi kasalliklarni qon tomirlaridagi o’zgarishlarga qarab aniqlashda qo’llaniladi. Angiografiyning angiokardiografiya, angiopulmonografiya, aortografiya, vazografiya, limfografiya va boshqa turlari mavjud.