ANGOR
ANGOR — Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Angor tumana markazi. Surxon-Sherobod vodiysida, katta O’zbekiston trakti yonida. Termiz shahridan 33 kilometr shimoliy- g’arbda joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi Navshahardan 14 kilometr. Aholisi 14,1 ming kishi (1995). Angor arig’idan suv ichadi. Sanoat korxonalarida asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. 3 umumiy ta’lim maktabi, 4 bolalar bog’chasi, tuman Markaziy kasalxonasi, kattalar poliklinikasi, o’smirlar poliklinikasi, paxta hissadorlik jamiyati, tuman davlat hissadorlik mashina-traktor parki tuman bo’limi, savdo punktlari, 2 kinoteatr, 2 kutubxona, madaniyat uyi, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish punkti bor.