ANGREN KO’MIR KONI

ANGREN KO’MIR KONI — Toshkent viloyati Ohangaron vodiysidagi qo’ng’ir kumir koni. Qurama va Chatqol toglari etagida. Geologik kon qidiruv ishlari 1934 yildan boshlangan. Dastlabki shaxta 1940 yilda ishga tushirilgan. Ko’mirli havzaning maydoni qariyb 70 kilometr kvadrat. Aniqlangan zaxirasi 860 metr chuqurlikkacha 1,9 milliard tonna (O’rta Osiyodagi barcha ko’mir zaxirasining qariyb 1/4 qismi). Ko’mir yura yotqiziqlari orasida joylashgan, qatlami juda serbar, qalinligi yer yuzasida 20 metrdan chuqurlikda 130 metrgacha. Ko’mir B2 markasiga mansub. Yonish issiqligi 13,9 MJ/kg. Ko’mir asosan ochiqusulda (2,5 million tonna), qisman yer ostidan (0,5 million tonna) qazib olinadi. Bundan tashqari «Yerostigaz» stansiyasida ko’mir gazga aylantirilib, yiliga 50 million m3 gaz ishlab chiqariladi. Ko’mir bilan birga kaolin ham qazib olinadi. Qatlamlar orasida portlandtsement, flyus, burt hamda kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo’ladigan jinslar ko’p.