ANGSTREM

ANGSTREM (Ongstryom) (Angstrom) — shved olimlari, ota, o’g’il va nevara; 1) Andree Yonas (1814 — 74) fizik va astronom, spektral tahlil asoschilaridan biri; 2) Knut Yuxan (1857 — 1910), geofizik, pirgeliometr va pirgeometrni yaratgan; 3) Anders Knutson (1888), geofizik, piranometrni yaratgan, quyosh doimiysi va quyosh faolligi o’zgarishini tekshirgan.

ANGSTREM — uzunlik birligi; santimetrning yuz milliondan bir bo’lagiga, ya’ni 10-8 santimetrga teng. Angstrem bilan belgilanadi. Optika, atom fizikasi, qattiq jismlar fizikasi va boshqalarda qo’llaniladi. Masalan, kristall panjara doimiysi, rentgen nurining to’lqin uzunligi, atom o’lchamlari va boshqalar Angstrem bilan ifodalanadi. 1868 yil shved fizigi Angstrem Y. Angstrem tomonidan qo’llanilganligi uchun uning nomi bilan ataladi.