ANIQMAS TENGLAMA

ANIQMAS TENGLAMA – bittadan ortiq noma’lumlarni o’z ichiga oluvchi tenglama. Noma’lumlar soni tenglamalar sonidan katta bo’lgan tenglamalar sistemasini Aniqmas tenglamalar sistemasi deyiladi. Aniqmas tenglama cheksiz ko’p yechimga ega. Aniqmas tenglama atamasi sonlar nazariyasida ishlatiladi; unda Aniqmas tenglamaning biror arifmetik shartlarga javob beradigan yechimlari qaraladi. (Odatda, Aniqmas tenglamaning butun yoki ratsional sonlardagi yechimlari izlanadi). Bu xil yechimlarni izlash Diofant tenglamalari nazariyasining vazifasidir.