ANIS ALDEGID

ANIS ALDEGID, obepin, PSN^o — S6N4 — SNO — yog’simon modda, molekulyar modda 136,15, suyuqlanish temperaturasi — 0,02°, qaynash temperaturasi 248°, xushbo’y, efir moylari tarkibida uchraydi. Sanoatda Anis aldegid anetolni nitrat yoki boshqa oksidlovchilar bilan oksidlab hosil qilinadi, efir moylaridan esa alohida (bisulfit) usul bilan olinadi. Anis aldegid havodagi kislorod bilan oksidlanganda anis kislota hosil qiladi, ishqor ta’sirida esa anis spirt va kislota hosil bo’ladi. Sanoatda Anis aldegid xushbo’y modsa sifatida ishlatiladi.