ANJABOR
ANJABOR (Geranium collinum, G. rectum) — yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat ko’p yillik o’tlar. Bargi keng to’garak, rombsimon bo’laklarga bo’lingan, guli ko’kishpushti. O’zbekiston tog’larida o’sadi. Tarkibida 23-54% tannin (oshlovchi) va boshqa moddalar bor. Ildizining qaynatmasi tabobatda ichdan qon ketishini to’xtatish, og’riqni qoldirish va me’da kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Anjabor teri oshlashda ham qo’llaniladi.