Anker boltlarini tortish

Anker boltlarini tortish – uskunalar o’rnatishda texnik sharoitlarda belgilangan qiymatda anker boltini oldindan tortib olish uchun qo’lda yoki mexanizatsiyalashgan vosita yordamida amalga oshiriladi. Boltni oxirgi mahkamlash paytida belgilangan burilish moment qiymati bo’lmasa, u normallangan maksimal ruxat etilgan momentdan oshmashligi kerak. Siqish kuchi burish momenti miqdori bilan, boltni ko’chirish yoki uzaytirish, gaykaning aylanish burchagi bilan yoki ushbu maqsad uchun maxsus mo’ljallangan gidravlik kalitlarning gidravlik tizimidagi bosim miqdori bilan boshqariladi.