ANKILOZ
ANKILOZ (Yunoncha ankilos — bukilgan) -bo’g’imning bukilmaydigan va yozilmaydigan bo’lib, qimirlamay qotib qolishi. Bunga suyaklar bo’g’im yuzasining jarohatlanishi va parchalanib sinishi, bo’g’im hosil qiladigan Tog’ay yuzasining yallig’lanishi yoki shikastlanganda bo’g’imni uzoq vaqt qimirlatmay qo’yib davolash, jarroxlik usuli bilan bo’g’imni qotirib qo’yish sabab bo’ladi. Bo’g’imdan tashqari, bo’g’im ichi, suyakli, chandiqli (fibrozli) Ankiloz farq qilinadi.