ANKILOZAVRLAR
ANKILOZAVRLAR (Ankylosauria) –dinozavrlarga mansub, qirilib bitgan sudralib yuruvchilar. Uzunligi 8-9 metrgacha. Gavdasi keng, yassi, usti suyak qalqon bilan, old oyoqlari uzun tikanlar bilan, dumi esa suyak halqa yoki o’tkir tikanlar bilan qoplangan; tishlari yo’q yoki kam rivojlangan. Ankilozavrlarning qoldiqlari Markaziy Qozog’iston, Qizilqumda ham topilgan.