ANKORIJ
ANKORIJ — AQShdagi shahar, Alyaska shtatida. Aholisi 226 ming kishi (1990). Tinch okeanning Alyaska qo’ltig’i sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yo’llari tuguni Alyaskaning savdo-moliya markazi; yog’ochsozlik, oziq-ovqat (baliq qayta ishlanadi), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 2 universitet, Arktika indeyslari va eskimoslar muzeyi bor. Ankirojga 1915 yilda asos solingan. 1964 yil halokatli zilziladan keyin qayta tiklangan.