ANNUITET
ANNUITET (Fransuzcha annuite — yillik badal) — 1) kreditorlarga qarzni uzish hisobiga foizi b-n birga har yili to’lanadigan pul; 2) mijozga shartnomada ko’rsatilgan muayyan muddatlarda muntazam pul summasi keltiradigan investitsiyalar; 3) muddatli davlat qarzi, qarzlarning muayyan qismi har yili foizi to’langan holda uzib boriladi.