ANORDOSHLAR

ANORDOSHLAR (Punicaceae) – yopiq urug’lilar bo’limiga mansub o’simliklar oilasi. Anordoshlar buta yoki kichikroq daraxt bo’lib, gullari ikki jinsli, to’g’ri (aktinomorf), kosachasi qo’ng’iroqsimon, tojbarglari 5-9 ta, changchilari ko’p, barglari mayda, uzun, yonbargchasiz. Shox va novdalari tikanli. Anordoshlarning faqat bir turkumi — anor bor. O’zbekistonda bitta yovvoyi tur (P. granatum L.) o’sadi. Ekiladigan anor navlari ham ana shu turdan kelib chiqqan.