ANOXIN PYOTR KUZMICH
ANOXIN PYOTR KUZMICH (1898.14.1, hozirgi Volgograd — 1974.6.3, Moskva) — fiziolog, akademik (1966) va meditsina fanlari akademiyasining haqiqiy a’zosi (1945). Ilmiy ishlari neyrofiziologiya — shartli reflekslar va ichki tormozlanish mexanizmi, nerv sistemasi ontogenezi va boshqa masalalarga oid. Organizmni bir butun holda o’rganib, shu asosda funktsional sistemalar nazariyasini (1935) kashf etgan.