ANSHLYUS
ANSHLYUS (nem. anschlus – qo‗shib olish) — birinchi jahon urushidan keyin Germaniyaning Avstriyani o’ziga qo‗shib olishdan iborat zo’ravonlik siyosati. Anshlyus 1938- yilning 11-12 martida fashistlar Germaniyasining Avstriyani bosib olishi bilan yakunlandi. Avstriya mustaqilligi 1945-yil aprelda ikkinchi jahon urushi davomida ozod etilganidan so’ng tiklandi va Anshlyusni taqiqlovchi davlat shartnomasi bilan qonunlashtirildi.