ANTANTA
ANTANTA (Fransuzcha entente — bitim) -1) Buyuk Britaniya, Frantsiya va Rossiyaning Germaniya, Avstriya-Vengriya xamda Italiya Ittifoqiga qarshi tuzgan Ittifoqi. «Uchlik bitimi», «Uchlik Ittifoqi» deb ham yuritiladi. Antanta 1904-07 yillarda shakllandi. Har ikkala ittifoqning maqsadi 19-asr oxirida bo’lingan dunyoni qayta taqsimlashdan iborat edi. Birinchi jahon urushi davrida Antantaga Serbiya, Italiya, Yaponiya, Belgiya, Gretsiya va Ruminiya, keyinchalik urushga kirgan AQSh qo’shildi. 2) Yevropa tarixida boshqa bir kricha bloklar ham shunday nom bilan atalgan. Masalan, Buyuk Britaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyadan iborat O’rta dengiz Antantasi (1887 yil — 19- asr oxiri); Gretsiya, Ruminiya, Turkiya va Yugoslaviya o’rtasidagi Bolqon Antantasi (1934 yil — 30-yillar oxiri); Chexoslovakiya, Ruminiya va Yugoslaviyaning kichik Antantasi (1920-38).