ANTANTA

ANTANTA (fr. entente – bitim) — 1) Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyaning (1907-yilda qo‘shilgan) Germaniya, Avstriya-Vengriya hamda Italiyaning «Uchlar ittifoqi»ga qarshi tuzgan. Antantani «Uchlik bitimi» deb ham yuritiladi. Antanta 1904-1907 yillarda shakllandi. Har ikkala ittifoqning maqsadi XIX asr oxirida bo’lingan dunyoni qayta taqsimlashdan iborat edi. Birinchi jahon urushi davrida Antantaga Serbiya, Italiya, Yaponiya, Belgiya, Gretsiya va Ruminiya, keyinchalik urushga kirgan AQSH qo’shildi. 2) Yevropa tarixida boshqa bir kichik bloklar ham shunday nom bilan atalgan. Masalan, Buyuk Britaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyadan iborat O’rta dengiz Antantasi (1887-yil- XIX asr oxiri); Gretsiya, Ruminiya, Turkiya va Yugoslaviya o’rtasidagi Bolqon Antantasi (1934-yil – 30-yillar oxiri); Chexoslovakiya, Ruminiya va Yugoslaviyaning Kichik Antantasi (1920-38).