ANTIDETONATORLAR

ANTIDETONATORLAR – motor yonilg’ilariga ularning detonasiyaga qarshi turgunligini oshirish uchun oz miqdorda (1% gacha) qo’shiladigan kimyoviy birikmalar. Eng samarali Antidetonatorlarga qo’rg’oshin tetraetil R (S2N5)4, qo’rg’oshin tetra-metil R (SN3)4, marganes metilsik-lopentadieniltrikarbonil Sn3s5n4mp(SO)3, temir pentakarbonil Fe(CO)5 va boshqalar kiradi. Bulardan qurg’oshin tetraetil keng qo’llaniladi, chunki boshqa Antidetonatorlar ishlatilganda karbyurator dvigatellarining yonish kamerasi devorlarida ko’p miqdorda qattiq qurumlar hosil bo’lib, uning ishlashiga salbiy ta’sir etadi. Bu Antidetonatorlar tarkibiga «qo’rg’oshinni biriktirib oluvchilar» (etilbromid, dibrometan, dibrompropan) qo’shiladi. Ular qo’rg’oshin bilan uchuvchan birikmalar hosil qilib yonish kamerasidan oson chiqib ketadi. Tarkibida qo’rg’oshin tetraetil bo’lgan motor yonilg’ilar etillangan motor yonilg’ilar deb ataladi. Ular o’ta zaharli bo’lganligi uchun ishlatayotganda juda ehtiyot bo’lish kerak.