ANTIGORMONLAR

ANTIGORMONLAR (anti … va Yunoncha hormon — qitiqlayman, tebrataman) — organizmga oqsil tabiatli gormonlar (masalan, gipofizning oqsil gormonlari) uzoq, muddat kiritilganda ishlanib chiqadigan o’ziga xos moddalar. Ularning hosil bo’lishi yot oqsillar kiritishga javoban ro’y beruvchi immunologik reaktsiyadir. Antigormonlar organizmni himoya qilib turadi.