ANTIK TEATR

ANTIK TEATR — yunon teatri va uning ta’sirida rivojlangan ba’zi (ellin madaniyati ta’siridagi) Sharq mamlakatlari teatri hamda qadimgi Rim teatrini umumlashtiruvchi tushuncha. Antik teatr rivoji davri (miloddan avvalgi 6 asr — milodiy 4 — 5-asrlar) da Yevropada ilk haqiqiy teatr san’ati yuzaga keldi, doimiy teatr inshootlari, sahna texnikasi va dekorasiya jihozlarining dastlabki namunalari paydo bo’ldi.