ANTIKOMMUNIZM
ANTIKOMMUNIZM (anti – qarshi, zid; kommuna – jamoa, umumiy yashash usuli) — kommunizmga qarshi kurash g’oyasiga asoslangan qarash, faoliyat majmui. Ijtimoiy taraqqiyotda jamoaviylik tamoyilining mutloqlashtirishi, kommunistik partiyalarning muayyan davlatlarda hokimiyatni zo’rlik bilan egallab olishi, kommuna g’oyasining markscha talqini asosida shakllangan mustabid mafkuralar xurujiga qarshi takomillashib borgan ta‘limot. Antikommunizm g’oyaviy sohada sobiq Ittifoq va boshqa sotsialistik yo’nalishdagi mamlakatlarda yagona mafkuraning mutlaq hukmronligi, tafakkur qulligi, fikr qaramligining shakllanishi, vijdon, fikr, so’z erkinliklari cheklanganini tanqid qiladi. Siyosiy sohada kommunistik yo’ldan borayotgan mamlakatlarda siyosiy amoralizm, erkin saylovlar, demokratiya yo‗qligi, iqtisodiy sohada esa, bir markazdan boshqariladigan va xususiy mulkka, mulkiy plyuralizmga yo’l qo’yilmaydigan iqtisodiy tamoyillar ustuvorligi tanqid qilinadi. Antikommunizm ―sovuq urush davrida g’arbda eng nufuzli g’oyaviy kurash vositalaridan biri edi. XX asrning keyingi o’n-yilligida sobiq Ittifoq tarqalishi, marksistik ta‘limot va partiyalarning ilgarigi mavqeini yo’qotishi bilan Antikommunizm ham o’z ahamiyatini bir oz yo’qotdi. Ammo totalitarizm, antidemokratik tamoyillar hukmron hudud va davlatlarda mavjud bo’lgan ba‘zi neomarksistik va neokommunistik qarash, faoliyatlarga qarshi mafkura sifatida jahondagi g’oyaviy jarayonlar tizimida o’z o’rni va ahamiyatini saqlab qolmoqda.