ANTIMONIDLAR
ANTIMONIDLAR — surma elementining metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Erish temperaturalari nisbatan yuqori bo’lgan qattiq moddalar. Vodorod antimonid (stibin) nihoyatda zaharli gaz. Metall Antimonidlar o’z xossalari bilan nitridlarga o’xshaydi. Davriy sistemaning birinchi, ikkinchi va qisman uchinchi guruhlaridagi asosiy guruh elementlarning Antimonidlarida surma uch valentli bo’ladi. Qo’shimcha guruh metallarining Antimonidlarida surmaning valentligi uchdan ortiq yoki kam bo’lishi mumkin. Alyuminiy, galliy va indiy metallarining Antimonidlari yarimo’tkazgich xossasiga ega. Ba’zi metallarning Antimonidlari yumshoq materiallarning qattiqlik va mo’rtligini oshirish maqsadida sanoatda qo’llaniladi.