ANTIMONIT
ANTIMONIT (surma yaltirogi) -sulfidlar sinfiga mansub mineral. Sb2S3. Aralashmalari: Bi, As, Ag, Ai. Qattiqligi 2 — 2,5. Sof og’irligi 4,5 — 4,6. Mo’rt. Rangi po’latsimon kulrang. Kristallari ignaga o’xshash va prizmatik shaklda. Yaxlit massa tariqasida ham uchraydi. Ko’pincha, u kinovar bilan past temperaturali (epitermal) konlarda bo’ladi. Surma olinadigan asosiy mineral. Antimolning yirik konlari Yaponiya, Xitoy, Rossiya (Krasnoyarsk o’lkasi) va Ukrainada; O’zbekistonda Farg’ona vodiysi, Qizilqum (Qaqpatos) da uchraydi.