ANTIOX DEVORI
ANTIOX DEVORI — qadimgi Marg’iyona (Marv) vohasi atrofini uragan ulkan mudofaa inshooti. U Salavkiylar hukmdori Antiox I Soter (xaloskor) (miloddan avvalgi 324 — 261) davrida ko’chmanchi Day (sak qabilalaridan biri) kabilalarining hujumidan Marg’iyonani mudofaa etish maqsadida qurilgan. Antik davr tarixchilaridan Strabon (miloddan avvalgi 64/63 — milodiy 23/24) ning ma’lumotiga ko’ra, Antiox devori uzunligi 1500 stadiy (1 stadiy — 148 — 210 metr), ya’ni 222 — 315 kilometr bo’lib, qalinligi 5,2 metr. 10-asr Arab geografi Istaxriy bu devor xarobalarini «array» nomi bilan tilga olgan. Antiox devori qoldiqlari Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyam tomonidan (1946 yil) o’rganilgan.