ANTOLOGIYA

ANTOLOGIYA (Yunoncha anthos — gul va lego —teraman) — bir guruh mualliflarning tanlab olingan asarlari (musiqiy, falsafiy, adabiy) to’plami. Antologiya qadim zamonlarda Sharq va Yunonistonda ma’lum bo’lgan. Antologiyaga kiritilgan asarlar biror shoir yoki xalqning badiiy ijodi haqida ma’lumot beradi, uning g’oyaviy-badiiy qimmatini ko’rsatadi.