ANTONINLAR

ANTONINLAR — Rim imperatorlari sulolasi (96 — 192); sulolaning asoschisi imperator Nerva (96 — 98). Nerva, Trayan, Adrian, Antonin Piy, Mark Avreliy (Lusiy Ver bilan birgalikda) va Kommodlar Antoninlar sulolasidan. Antoninlar hukmronligida Italiya tushkunlikka uchradi. Bu davrda qulchilik tanazzulga uchrab, kolonlar mehnatidan keng foydalanildi. Pastki tabaqalarning behad ekspluatatsiya qilinishi viloyatlarda norozilik harakatlarining avj olishiga sabab buladi. Shulardan eng yirigi Bar-Koxba, Bukollar harakatlari edi. Antoninlar davrida imperiya chegarasiga varvarlar bostirib kira boshladi. Kommod hukmronligi davridan boshlab Antoninlar imperiyasi inqirozga uchraydi.